Hodisa

O‘zbekistonda yuzlab mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan kompaniyalar aniqlandi

Ayblanuvchilarga besh yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

O‘zbekistonda yuzlab mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan kompaniyalar aniqlandi
Фото: Ситуативное

Toshkent va Namanganda 100 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Birinchi holat Olmazor tumanida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, korxona mansabdor shaxslari 142,9 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘p qavatli uylarning elektr tarmoqlariga ulanib, noqonuniy iste’mol qilgan.

Ikkinchi o‘g‘rilik Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanida aniqlandi Ishlab chiqarish va umumiy ovqatlanish korxonasi rahbari tijorat maqsadida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, jami 111,4 mln so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy iste’mol qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Navoiyda zavod ishchilari ikki milliard so‘mlik oltinni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Jinoyatchilar tarkibida qimmatbaho metall ko‘p bo‘lgan yarim tayyor mahsulotni korxona hududidan olib chiqib ketolmagan.

Izohlar

Mavzuga oid