O‘zbekistonda so‘nggi ikki kun ichida uchinchi zilzila sodir bo‘ldi
Zilzilalar mamlakatning bir qancha hududlarida sezildi.

7-dekabr kuni O‘zbekistonda so‘nggi ikki kun ichida uchinchi zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila soat 16:31 da Namangan viloyati Pop tumanida sodir bo‘lgan. Epitsentrga bo‘lgan zarba kuchi 3 ballni, magnitudasi 3,3 ni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Pop tumanida 2-3 ball, 14 km.
- Dang‘ara tumanida 2 ball, 26 km;
Zilzila episentri Toshkentdan 135 km janubiy-sharqda.
Izohlar