Hodisa

O‘zbekistonda rossiyaliklarning kartalaridan pul o‘g‘irlagan firibgarlar koll-markazi yopildi

Jinoyatchilar bank xodimlari niqobi ostida odamlarga qo‘ng‘iroq qilishgan.

O‘zbekistonda rossiyaliklarning kartalaridan pul o‘g‘irlagan firibgarlar koll-markazi yopildi

O‘zbekistonda bank xodimlari nomidan rossiyaliklarga qo‘ng‘iroq qilib, pul o‘g‘irlagan firibgarlik koll-markazi fosh etildi, deb yozadi “TASS”.

Rossiya IIV Tergov departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Danil Filippovning so‘zlariga ko‘ra, call-markaz Rossiyadan tashqarida ishlagan va qo‘ng‘iroqlar bank xavfsizlik xizmatlari nomidan amalga oshirilgan. Odamlarni chalg‘itib, pullarni “xavfsiz hisoblar”ga o‘tkazishga ko‘ndirishdi.

“Xorijiy hamkorlar bilan Belarus va O‘zbekiston respublikalari hududlarida koll-markazlar faoliyati to‘xtatildi. Ushbu respublikalarda call-markazlar mavjud bo‘lib, ular tugatilgan. Ular Rossiya fuqarolarini aldagan”, — dedi Filippov.

Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyatida firibgar moliyaviy piramida tashkil etib, o‘nlab odamlarni chuv tushirgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkentda o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida erkakni qo‘lga olgan.

Izohlar

Mavzuga oid