Hodisa

O‘zbekistonda matematika olimpiadasining respublika bosqichi savollari “tarqalib ketdi”

Musobaqa qayta o‘tkaziladi, huquq-tartibot idoralari tergov va aybdorlarni qidirishni boshladi.

Фото: Ситуативное

15-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda matematika olimpiadasining respublika bosqichi savollari “tarqalayotgani” haqida xabar tarqaldi. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi holat yuzasidan izoh berdi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan va markazlashgan holda har bir hududda e’lon qilinadi. Shu munosabat bilan hududlarda MMTBda tashkil etilgan shtablarda savollarni chop etish jarayonida ayrim xodimlar o‘z vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan. Natijada materiallar “tarqalib ketgan”.

Hozirda ushbu hodisaga aloqador shaxslar aniqlanmoqda va javobgarlikka tortiladi. Ish bo‘yicha tekshiruv boshlandi.

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf (9-10-11-sinflar) uchun yangidan o‘tkaziladi. Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tkazilishidan manfaatdor. Agar sizga pul evaziga olimpiadaning savol-javoblari taklif qilinsa, darhol Olimpiadalar markazining maxsus botiga yoki +998 71 207 05 24 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, maktab bitiruvchilari fan olimpiadasida Damas uchun bellashadi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная