Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 11-yanvar kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq darajadagi” kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 5 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 8:00 da kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 4 ballgacha tushishi kerak, kechga borib ko‘rsatkichlar 3 ball va tunga yaqin 2 ball darajasida to‘xtaydi.

Magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.