
Oʻzbekistonda erkak koʻchada dovchani uzgan bolalarni jazolash bilan qoʻrqitdi — video
Bolalar ombudsmani va IIV ishni nazoratga oldi.

15-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak koʻchada dovchani uzgan besh nafar bolani jazolash bilan qoʻrqitgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani hodisaga munosabat bildirdi.
Ombudsman maʼlum qilishicha, vaziyat IIV bilan hamkorlikda nazoratga olingan. Voqea qaerda va qachon sodir boʻlgani haqida xabar berilmagan. Qoʻshimcha maʼlumotlar keyinroq taqdim etiladi.
Bolalar ombudsmani shuni qatʼiy taʼkidlaydiki, bu kabi nomaqbul harakatlar bolalarga nisbatan nafaqat ruhiy zoʻravonlik va tahdid, balki bolaning shaʼni va qadr-qimmatini ommaviy tahqirlash ham hisoblanib, uning ruhiy-emotsional sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazadi. Bunday noqonuniy harakat uchun tegishli tartibda javobgarlik choralari qoʻllanilishi shart, — deyiladi xabarda.
Soʻnggi yangiliklar







