Hodisa

O‘zbekistonda DXX xodimlari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi

Barcha giyohvand moddalar savdogarlari qo‘lga olindi, jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonning qator hududlarida DXX xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Toshkent viloyatida internetda sintetik giyohvand moddalar sotish bilan shug‘ullangan narkoguruh a’zosi qo‘lga olindi. Qibray tumanida yashovchi 23 yoshli fuqaro tashkilotchilar topshirig‘iga ko‘ra, 4 kg 300 gr “alfa-PVP”ni yashirin joydan olib ketishi kerak bo‘lgan. Yigit poytaxtdagi xususiy oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi bo‘lib chiqdi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi va 25-moddasi (Giyovandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash yoki o‘tkazishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uni qamoqqa olishdi.

Ikkinchi holat Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida sodir bo‘lgan. 24 yoshli fuqaroning akasi nomiga rasmiylashtirilgan 20 sotix yer maydonidan tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar topilgan. Tadbir davomida 247 tup kannabis va 27 kg 708 gramm marixuana giyohvandlik moddasi musodara qilindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak qo‘lga olindi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida YPX xodimlari 55 yoshli sobiq IIB xodimi boshqaruvidagi Lacetti’ni to‘xtatdi. Tekshirib ko‘rilganda 979 g gashish borligi aniqlandi. Bekobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uning sheriklari qo‘lga olinib, ulardan yana 437 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Barcha ayblanuvchilar hibsga olingan. Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “Yangiobod” mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs va uning “Birlik” mahallasida yashovchi sherigi qo‘lga olindi. Ularda 976 g marixuana borligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная