O‘zbekistonda bolalarga mashinani boshqarishga berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Prezident maktab o‘quvchilarining avtomashinalarni ijaraga olib, ko‘pincha o‘limga olib keladigan baxtsiz hodisalarga sabab bo‘layotgani muammosiga e’tibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev 15may kuni maktab taʼlimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda maktab o‘quvchilarining noqonuniy avtomobil ijarasi natijasida har oyda 10-15 nafar yoshlar jarohatlanmoqda. O’lim bilan tugaydigan holatlar ham ko’p.
Qonun ustuvorligini ta’minlashda ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari, viloyat va tuman prokurorlari e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygani ko‘rinib turibdi. Shu munosabat bilan bolalarning transport vositalarini boshqarishiga ruxsat berganlik uchun javobgarlikni oshirishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi, dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda maktab o‘quvchisi otasining pulini o‘g‘irlab, Spark ijaraga olib, baxtsiz hodisaga uchragan edi. Bola avvalroq mashina haydab ketayotganida ushlangan, shundan so‘ng YPX xodimlari maktabda profilaktik suhbat o‘tkazgan.
Izohlar