O‘zbekistonda bir oyda 80 milliard so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
Barcha qoidabuzarlarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda sentyabr oyida 219 ta holatda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Oy davomida 9,4 mln kub metr gaz (28,3 mlrd so‘m) va 33,6 mln kVt/soat elektr energiyasi (52 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan. Umumiy zarar 80 mlrd 473 mln so‘mni tashkil etgan.
Energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 546 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Barcha qoidabuzarlarga nisbatan choralar ko‘riladi, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Izohlar