Hodisa

Navoiyda zavod ishchilari ikki mlrd so‘mlik oltinni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Jinoyatchilar tarkibida qimmatbaho metall ko‘p bo‘lgan yarim tayyor mahsulotni korxona hududidan olib chiqib ketolmagan.

Navoiyda zavod ishchilari ikki mlrd so‘mlik oltinni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan oltin o‘g‘irlashga urinishning oldi olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

NKMK Shimoliy kon boshqarmasi tarkibidagi 3-gidrometallurgiya zavodining ikki nafar smena ustasi va bir nafar apparatchisi umumiy og‘irligi 2 kg bo‘lgan tarkibida oltin miqdori yuqori bo‘lgan yarim tayyor mahsulotni ventilyatsiyaga yashirdi.

Ekspertlar aniqlashicha, olib qo‘yilgan modda tarkibida 1 kg 523 gr sof oltin mavjud bo‘lib, uning qiymati 2,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Navoiyda bir erkak tarmoqdan olingan ko‘rsatma asosida bomba yasab, oltin konini portlatmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. U o‘zining boyish rejasini amalga oshira olmagan.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid