Hodisa

Navoiyda huquq-tartibot idoralari xodimlari qalbaki pul yasovchilarni qo‘lga oldi

Tartib posbonlari qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 14 ming dollarga sotilishiga chek qo‘yishdi.

Navoiyda huquq-tartibot idoralari xodimlari qalbaki pul yasovchilarni qo‘lga oldi

Namangan viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qalbaki pul yasovchilar qo‘lga olinib, soxta dollarlar aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kosonsoy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan bir nafar fuqaro qo‘lga olingan. Huquqbuzar o‘z tanishi bilan qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 14 ming dollarga sotishga kelishib olgan. Tartib posbonlari erkakni 100 dollarlik 80 dona qalbaki kupyurani berayotgan vaqtida qo‘lga olishgan.

Boshqa bir holatda huquq-tartibot idoralari erkakdan 6 ming qalbaki dollarni musodara qildi. Barcha holatlar bo‘yicha tartib posbonlari tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq o‘zbekistonlik bosma dollarlar bilan Tailandga dam olishga ketgani haqida xabar berilgandi. Qalbaki pullarni erkak o‘z vatanidan olib kelgan.

Izohlar

Mavzuga oid