Hodisa

Navoiyda bog‘da bir nechta qiz mushtlashdi — video

O‘smirlar o‘rtasidagi mojaro karuselda uchish paytida yuzaga kelgan.

3-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida bir necha qizlar mushtlashgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 30-iyun kuni sodir bo‘lgan. 2004-yilda tug‘ilgan qiz, 2006-yilda tug‘ilgan qiz bog‘da karuselda uchish paytida ilgari tanish bo‘lmagan to‘rt nafar voyaga yetmagan qiz bilan janjallashib qolgan (2001, 2011 va 2012-yillarda tug‘ilgan) va ular o‘rtasida mushtlashuv boshlangan.

“Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi maktablardan birida o‘quvchilar ommaviy mushtlashuv uyushtirgandi. Bir necha maktab o‘quvchisi tibbiy yordamga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная