Hodisa

Navoiy viloyatida mast maktab o‘quvchisi YPX xodimlari bilan poyga uyushtirdi

O‘smirning mashinasini uning katta yoshli tanishi, u ham mast holda boshqargan.

Navoiy viloyatida mast holda Malibu-2 avtomashinasini boshqarib, YPX xodimlari bilan poyga uyushtirgan maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea “Samarqand” postida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari postda turgan vaqtida tegishli signal berib, avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq haydovchi bunga e’tibor bermay, qochishga uringan. Kichik ta’qibdan so‘ng, huquq-tartibot idoralari transport vositasini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tartib posbonlari tekshiruv davomida mashina boshqaruvida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, shuningdek, mast holatda bo‘lgan 16 yoshli o‘smir bo‘lganini aniqladi. Maktab o‘quvchisining katta yoshli tanishi va bir vaqtning o‘zida mast holatda bo‘lgan transport egasi huquq-tartibot idoralariga postdan oldin boshqaruvni bolaga topshirganini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar Navoiy — Samarqand yo‘nalishida harakatlangan. Tartib posbonlari tomonidan har ikkala huquqbuzarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Avvalroq Andijonda o‘smir Spark ruliga o‘tirib, ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi. Yigit qarindoshining mashinasini boshqara olmadi, tergov boshlandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная