Namangandagi zapravkada VAZ avtomobili yonib ketdi
Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi. Yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosiga zarar yetmagan.

15-may kuni Namangan viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida VAZ-2106 rusumli avtomashina yonib ketdi, deb xabar berdi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Voqea soat 19:48 da Namangan viloyati Dehqonobod mahallasi hududida yuz bergan. CNG quyish shoxobchasida VAZ-2106 avtomobili yonib ketdi. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv guruhi yetib kelib, yong‘inni o‘chirdi.
Yong‘in natijasida avtomobilning saloni butunlay yonib ketgan. Fuqarolar orasida qurbonlar bo‘lmagan, yoqilg‘i quyish shoxobchasi binosiga zarar yetmagan. Voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir kechada Toshkentda ikkita yirik yong‘in sodir bo‘lgan. Shimoliy temir yoʻl vokzalining vagon taʼmirlash ombori hududi va ochiq maydondagi quruq oʻt yongan.
Izohlar