Hodisa

Namangandagi maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” vaqtida bitiruvchi qizlarning taqinchoqlari va sochlari yonib ketdi

Ta’lim muassasasi direktori ishdan olinib, uning o‘rinbosariga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Namangandagi maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” vaqtida bitiruvchi qizlarning taqinchoqlari va sochlari yonib ketdi

Namangan viloyatida maktab bitiruvchilari “So‘nggi qo‘ng‘iroq”da maktabdan chiqish vaqtida havo sharlari yonib ketgan, shundan so‘ng alanga o‘quvchi qizlarning sochlariga o‘tgan. Viloyat SSB hodisaga izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Chortoq tumanidagi 48-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Boshqarmada qayd etilishicha, hodisaga beparvolik, ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzish va direktor tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik sabab bo‘lgan.

Shu sababli ta’lim muassasasi rahbari bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Avvalroq Toshkent viloyatida sanoat majmuasi binosi yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in natijasida korxonaning o‘nlab kvadrat metr tomi va devor qoplamalari yonib ketgan.

Izohlar

Mavzuga oid