13-yanvar kuni Namangan viloyatidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyining qozonxonasida kichik portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Pop tumanida sodir bo‘lgan. Texnik nosozlik tufayli qozonxonada bosim chiqishi (kuchsiz portlash) sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, internatda issiqlik ta’minotini tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha va batafsil ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida bog‘cha tarbiyachilari nogironligi bo‘lgan bolalarni kaltaklagan va ularga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Xodimlar ishdan bo‘shatildi, ota-onalar va boshqa xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.