Hodisa

Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi

Bir bolaning jasadi ikki kundan keyin topilgan, ikkinchisini esa g‘avvoslar qidirmoqda.

Namangan viloyatida Farg‘ona suv kanalining shimoliy qismida ikki nafar o‘smir cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Hodisa haqida signal 23-iyul kuni soat 13:48 da kelib tushgan. Bolalar Namangan tumani “Mirishkor” qishlog‘i yaqinidagi suv kanalida cho‘milib, g‘oyib bo‘lgan. Qidiruv ishlariga Namangan, Chust va Pop tumanlaridan qutqaruvchilar va g‘avvoslar, shuningdek, viloyat yong‘in-qutqaruv otryadi xodimlari jalb etilgan.

Ikki kundan so‘ng bir o‘smirning jasadi topildi. Ikkinchisi — 2009-yilda tug‘ilgan o‘smir — haligacha topilmagan. Qidiruv ishlari suv yuzasida ham, suv ostida ham davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, suv kanali hududida cho‘milish uchun rasman ruxsat berilgan joylar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘istonda bir ayol va uning ikki qizi suv havzasida cho‘kib ketgandi. Erkak oilasi bilan shaxsiy qayig‘ida suzishga qaror qilgan, biroq u ehtiyotsizlik tufayli ko‘lning qoq o‘rtasida cho‘kib ketgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная