Namanganda erkak do‘konda xotinini o‘ldirdi
Janjal paytida gumonlanuvchi peshtaxtadagi pichoqni olib, turmush o‘rtog‘ini urgan.

Namangan viloyatida erkak oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘iga hujum qildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 17-may kuni Pop tumani “Gʻurumsaroy” mahallasidagi do‘konlardan birida sodir bo‘lgan. 27 yoshli erkak va 25 yoshli ayol o‘rtasida ichki oilaviy kelishmovchiliklar fonida janjal kelib chiqqan.
Janjal vaqtida erkak peshtaxta ustida turgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘iga urgan. Olgan jarohatlari oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni qo‘lga olib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Avvalroq Buxoroda bir erkak uzoq yillik qarzi tufayli tanishini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Jinoyatchiga 16 yil qamoq jazosi berildi, bundan tashqari, u baribir qarzini oilasiga to‘lashi kerak bo‘ladi.
Izohlar