Hodisa

Namanganda Damas haydovchilari mashinaga konditsioner o‘rnatgani va unda palov yegani uchun jazolandi — video

Erkaklarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Namanganda Damas haydovchilari mashinaga konditsioner o‘rnatgani va unda palov yegani uchun jazolandi — video

21-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir haydovchi mashinada kondisioner bilan, ikkinchisi esa palov bilan ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Namangan viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ikkala holat ham Namanganda sodir bo‘lgan. Haydovchilardan biri Damas avtomobiliga xonalarni sovutishga mo‘ljallangan kondisioner o‘rnatishga qaror qilgan. Ikkinchi holatda esa erkak bir vaqtning o‘zida mashinani boshqarib, palov yeb o‘tirgan.

Xabar qilinishicha, huquq-tartibot idoralari yo‘l harakati qoidalarini buzganlarni topgan. Ularga tegishli moddalar bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda YPX xodimi kiyimida suratga tushgan qiz jazolandi. Fuqaroning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan va qiziqish uchun suratga tushgan.

Izohlar

Mavzuga oid