Hodisa

Namanganda ayol qo‘lida chaqaloq bilan avtomobilni boshqarib, buni videoga oldi

Haydovchi yosh bolalarini ham old o‘rindiqqa o‘tqazgan, YPX xodimlari unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol qo‘lida chaqaloq bilan mashina haydab ketayotgani va hammasini kameraga olgani aks etgan video tarqaldi. YHXX hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, videoni ijtimoiy tarmoqqa Namangan viloyati Mingbuloq ko‘chasida yashovchi ayol joylashtirgan. Kadrlarda ayol bir nechta bolani old o‘rindiqqa o‘tqazgani, chaqaloqni esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydash paytida qo‘lida ushlab turganini ko‘rish mumkin. Bir vaqtning o‘zida u boshqa qo‘li bilan telefonni ushlab, hammasini videoga oldi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari qonunbuzarni topib, javobgarlikka tortishdi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi 1-qismi (Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. U BHMning 3 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Videoga qo‘ymoqchi emasdim. O‘sha kuni bolalar bilan bog‘chadan chiqdik. Ular bilan mashinada sayr qilmoqchi edim. Bor-yo‘g‘i 20 metr yurdik, xolos. Men shunchaki bolalarni xursand qilmoqchi edim, — dedi ayol.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida mast maktab o‘quvchisi YPX xodimlari bilan poyga uyushtirgandi. O‘smirning mashinasini uning katta yoshli tanishi, u ham mast holda boshqargan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная