Hodisa

Namanganda 7 yoshli qarindoshini zo‘rlagan erkak qo‘lga olindi

Bir necha marta sudlangan fuqaro zo‘rlash jinoyati uchun o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa-da, besh yil o‘tar-o‘tmas ozodlikka chiqqan.

Фото: ситуативное

Namangan viloyatida yetti yoshli qizni zo‘rlagan 38 yoshli erkak qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Hodisa 14-oktyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Erkak tog‘asinikiga to‘yga keldi, u yerda uy egasining yetti yoshli nabirasi ham bor edi. Uning ishonchi va voyaga yetmaganligidan foydalanib, erkak aldov yo‘li bilan bolani chetga olib chiqib, bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan.

Shundan so‘ng jinoyatchi qochib ketgan, biroq ikki kundan keyin qo‘lga olingan. 16-oktyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tuman sudi qarori bilan erkak qamoqqa olingan. Ayni paytda jabrlangan qizaloq jonlantirish bo‘limida.

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs muqaddam ikki marta shu turdagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. U 2014-yilda Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish), 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) va 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2020-yilda erkak yana sud oldida javob berdi — bu safar 118-modda (Nomusga tegish) bo‘yicha va 10 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Shu bilan birga, nima uchun 2025-yilda erkak ozodlikda bo‘lgani noma’lum.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная