Namangan hokimi bilan radarlar bo‘yicha kelishmovchilikdan so‘ng YHXB boshlig‘i boshqa ishga o‘tdi
Mansur Gaziyev kameralarni olib tashlashdan bosh tortib, Anvar Otaxo‘jayevga hokimlik avtomashinalarining to‘lanmagan jarimalarini eslatgandi.

Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i shahar hokimining radarlarni olib tashlash bo’yicha topshirig’idan bosh tortgani uchun boshqa lavozimga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Mansur Gaziev boshqa lavozimga o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, Gaziyev 13 may kunidan boshlab Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida yangi vazifalarini bajarishga kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Namangan hokimi aholining jarimadan noroziligi sababli noqonuniy radarlarni olib tashlashni so‘ragan edi . Anvar Otaxo‘jayev uchta tumanda faqat xavfsizlikni ta’minlash uchun qurilmalardan foydalanishga chaqirdi.
Namangan viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Mansur Gaziyev hokimga javob qaytardi va radarlar o‘rnatilgani tufayli yo‘llarda o‘limga olib keladigan YTHlar kamayganini aytdi. Masalan, Davlatobod va Yangi Namangan ko‘chalarida 2024-yilda 13 ta, 2025-yilda esa birorta ham o‘lim holati qayd etilgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, shahar hokimligiga qarashli Captiva rusumli avtomashina 2024-yil boshidan shu kungacha 47 marta yo‘l harakati qoidalarini buzganini ham aytib o‘tdi. Shulardan 11 tasi (8 million so‘mdan ortiq) jarimalar haligacha to‘lanmagan. Shuningdek, hokimlikning boshqa avtotransport vositalaridan jami 35 million so‘mlik 87 ta to‘lanmagan jarimalar mavjud.
Izohlar