Hodisa

Mushuk ustiga qaynoq suv quygan xitoylikka besh sutka qamoq jazosi berildi

“Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati fuqaroni deportatsiya qilishga erishmoqchi.

18-sentyabr kuni mushukka nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun Xitoy fuqarosi 5 sutkaga qamaldi, deb xabar berdi “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati axborot xizmati.

Shundan so‘ng huquqbuzarning advokatlari tomonidan apellyatsiya shikoyati berildi. 20-sentyabr kuni uni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi ko‘rib chiqdi. Sudya jazo turini jarimaga o‘zgartirish to‘g‘risidagi shikoyatni qanoatlantirishni rad etdi va chet el fuqarosini hibsga olish to‘g‘risidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

Bugun sudda qatnashgan “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati huquqshunosi Dilshodbek Asadullayevga va oxirigacha adolat uchun kurashgan murojaatchiga rahmat aytamiz. “Mehr va Oqibat” fuqaro deportatsiya qilinishiga erishadi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, voqea 16-sentyabr kuni tunda sodir bo‘lgan. Hayvonot himoyachilariga ayol murojaat qildi, u hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabat haqida gapirib berdi va erkak plastmassa qutiga qamalgan mushukka avval choynakdan, keyin esa besh litrli idishdan qaynoq suv quyayotgani tasvirlangan kadrlar bilan bo‘lishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная