6-oktyabr kuni Toshkentda sodir bo‘lgan zilzila tufayli Rossiyadan kelgan samolyot qo‘na olmadi, deb xabar berdi “Новости Ташкентского Неба” Telegram kanali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Aeroflot aviakompaniyasining Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyoti Toshkentdagi zilzila tufayli Islom Karimov nomidagi aeroportga qo‘nish chog‘ida ikkinchi aylanishga ketishga majbur bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida jabrlanganlar yo‘q.