Hodisa

Moskvadagi o‘zbek diaspora tashkiloti tugatildi

Tashkilot o‘zi haqida hech qanday ma’lumot bermadi va rasmiylarning talablarini e’tiborsiz qoldirdi.

Moskvadagi o‘zbek diaspora tashkiloti tugatildi

Moskvada “Moskva shahridagi oʻzbek milliy-madaniy muxtoriyati” mintaqaviy jamoat tashkiloti Rossiya Adliya vazirligining daʼvosiga koʻra tugatildi, deb xabar beradi “TASS”.

Sud 2015-yilda ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston tashkilotini tugatish va Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarishga qaror qildi. Rossiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, tashkilot hujjatlarda ko’rsatilgan manzilda joylashgani yo’q va uning haqiqiy joylashgan joyini aniqlab bo’lmaydi.

Ma’lum qilinishicha, tashkilot ustavida qonunga zid bo‘lgan qoidalar mavjud. Tashkilot Adliya vazirligiga o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni, shuningdek, uning boshqaruv organlarining shaxsiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, mablag‘larning sarflanishi va mulkidan foydalanish to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etmaydi.

Shu bilan birga, boshqarma tomonidan ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etish zarurligi to’g’risida bir necha bor ogohlantirishlar yuborilgan, ammo ular bajarilmagan. Shu sababli Adliya vazirligi Moskva shahar sudiga ushbu tashkilotni tugatish to‘g‘risida ma’muriy da’vo kiritdi, deyiladi xabarda.

“Oʻzbek milliy-madaniy avtonomiyasi” saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, tashkilotning maqsadlari Rossiyadagi oʻzbeklarning milliy anʼanalarini asrab-avaylash, migrantlarning ijtimoiy-madaniy moslashuviga koʻmaklashish, barcha millatlarga mansub Rossiya fuqarolarining oʻzbeklarning madaniy merosidan foydalanishini osonlashtirish, ekstremizmning oldini olishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga taklif qilgandi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Izohlar

Mavzuga oid