Mobil ilovalarda Uzcard faoliyatida uzilish ro‘y berdi
To‘lov tizimi kompaniyasi holat yuzasidan izoh berdi.

28-avgust kuni O‘zbekistonda foydalanuvchilar Uzcard mobil ilovalarida nosozlik haqida xabar berishdi. To‘lov tizimi matbuot xizmati holatga izoh berdi.
Kompaniya UZCARD tizimida rejadan tashqari profilaktika ishlari olib borilayotgani haqida ogohlantirdi. Shu munosabat bilan ishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin:
- bankomatlar (ATM);
- E-POS va POS terminallari;
- xalqaro bank kartalari;
- chet elda kobeydjing kartalari;
- UZCARD sayti.
“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va mutaxassislarimiz allaqachon nosozliklarni bartaraf etish va tizimning barqaror ishlashini tiklash ustida ish olib borayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Uzcard tizimida SMS-xabarnomalar narxi ikki barobarga oshishi haqida xabar berilgandi. Narxlar 2019 yildan beri o‘zgarmagan.
Izohlar