Krasnogorskda Xitoy va O‘zbekistondan kelgan muhojirlar ommaviy mushtlashdi — video
Huquq-tartibot idoralari mojaroning 25 ishtirokchisini aniqladi, to‘rt nafari yordam so‘rab shifokorlarga murojaat qildi.

Krasnoyarskda O‘zbekiston va Xitoydan kelgan muhojirlar ommaviy mushtlashuv uyushtirdi, deb yozadi “Komsomolskaya pravda” viloyat IIVga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 19-may kuni Glinka ko‘chasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro Xitoy qurilish kompaniyasida ishlayotgan ikki davlat fuqarolari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Mushtlashuv tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Hodisaga maishiy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Qayd etilishicha, hodisadan so‘ng shifoxonaga to‘rt nafar erkak tan jarohati bilan murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari keyingi tergov davomida mojaroning yana 25 nafar faol ishtirokchisini aniqladi. Hozirda ular bilan ish olib borilmoqda.
Tartib posbonlari “Qasddan badanga yengil shikast yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Xodimlar hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlamoqda.
Avvalroq Qashqadaryoda erkaklar sport majmuasida ommaviy mushtlashuv sodir etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mashg‘ulot paytida mojaro kelib chiqdi, jabrlanganlar bor.
Izohlar