4-yanvar kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” (Kadisheva) bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV matbuot xizmati.

“112”ga chaqiruv soat 19:19 da kelib tushgan, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 5 daqiqada, soat 19:24 da yetib borgan, yong‘in soat 19:24 da qurshab olinib, 19:34 da o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in savdo xonasining 20 kvadrat metr maydoniga zarar yetkazgan.

Yong‘in sababi va zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda. Yong‘in 13-dekabrga o‘tar kechasi yirik yong‘in sodir bo‘lgan oziq-ovqat blokining ikkinchi qavatiga olib chiqadigan zinapoya yaqinidagi Tegen do‘konida sodir bo‘lgan.