Jizzaxda yo‘lovchi harakatlanayotgan Damas oynasidan oyog‘ini chiqarishga qaror qildi — video
Huquq-tartibot idoralari xodimlari avtomobil haydovchisini topib, chora ko‘rdi.

12-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanish paytida mashinadan oyoqlarini chiqarishga qaror qilgani aks etgan video paydo bo‘ldi. YHXX hodisaga izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan. Haydovchi yo‘lovchiga harakatlanayotgan Damas’dan oyoqlarini chiqarishga ruxsat bergan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari mashina egasi va yo‘lovchini topib, tegishli ma’muriy moddalar bilan jazoladi.
“Haydash madaniyati nafaqat qoidalarga rioya qilish, balki oddiy xushmuomalalik hamdir. Tarbiya nafaqat dasturxon ustida, balki rulda ham ko‘rinishini unutmaylik. Andishali bo‘ling. Juda issiq bo‘lsa ham”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda yigit harakatlanayotgan avtomobil yukxonasidan to‘y kortejini suratga olgandi. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Izohlar