Hodisa

Jizzaxda yigit uch yil davomida internetda ekstremistik materiallar tarqatgani aniqlandi

Sud unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Jizzaxda internetda ekstremistik materiallar tarqatgan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ish materiallariga ko‘ra, yigit uch yil davomida internet orqali ekstremistik ruhdagi audio va video materiallarni tarqatgan. Sudda yigit o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishining oqibatlari va jiddiyligini anglamaganini aytdi. Yigitning qarindoshlari unda shubhali hech narsa sezmaganliklarini aytishdi.

U ibodat qilayotganini aytardi. Namoz o‘qigan odamning niyati buzuq bo‘lmaydi, deb o‘ylardik. Ichmaydi, chekmaydi, yomon yo‘lga yurmaydi. O‘qidi — biz bunga e’tibor bermadik, — dedi sudlanuvchining onasi.

Mirzacho‘l tumani prokurori yordamchisi yigitga 9 yil ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek, olib qo‘yilgan materiallarni yo‘q qilishni so‘ragan, biroq sudning yakuniy jazosi boshqacha bo‘lib chiqdi. Sud yigitni Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) va 159-moddasi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) bilan aybdor deb topib, 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Avvalroq Surxondaryoda nashidlar bilan video tarqatgan yigit qamalgani haqida xabar berilgandi. Ayblanuvchi ijtimoiy tarmoqqa qora kiyimdagi odamlar terror tashkiloti bayrog‘i oldida turgani aks etgan videoni joylashtirgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная