Hodisa

Jizzaxda sel tufayli yo‘lni suv bosdi — video

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Jizzaxda sel tufayli yo‘lni suv bosdi — video

27-may kuni Jizzax viloyatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tog‘li va adirli hududlarda sel oqimi yuzaga keldi. Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati izoh berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Zomin tumani “Duoba” mahallasida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, sel soy o‘zaniga sig‘may, mahalla hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lini qisman suv bosgan. Buning oqibatida yo‘lga loy va tuproq toshlari chiqib, yo‘lning ushbu qismida harakat to‘xtatilishiga to‘g‘ri kelgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV va IIV, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari yetib borgan. Maxsus texnikalar yordamida mutaxassislar hodisa oqibatlarini bartaraf etish va yo‘lni tozalashga kirishdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sel oqimi oqibatida hech kim jabrlanmagan. Shuningdek, uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obektlari va qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetmagan. Hozirda yo‘lda avtotransport vositalari harakati qisman tiklangan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgani xabar qilingandi. Yomg‘irlar ba’zi hududlarni suv ostida qoldirishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid