Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi piyodalar o‘tish joyida qizni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Jizzax viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 2025-yil 7-dekabr kuni Jizzaxda sodir bo‘lgan. YTH oqibatida voyaga yetmagan qiz og‘ir tan jarohati olgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, biroq 2025-yil 20-dekabrda vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchining qoidabuzarligi tufayli sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qonunga muvofiq hibsga olindi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan ayol piyodalar o‘tish joyida ikki bolali ayolni urib yuborgandi. Yo‘l-transport hodisasi aybdori ozodlikni cheklash bilan qutul qolgan.