Hodisa

Jizzaxda ayol uy hovlisidagi 4 metrlik chuqurga tushib ketib, undan chiqa olmay qoldi

Fuqaroning hayotini saqlab qolish uchun FVV xodimlariga maxsus texnika kerak bo‘lgan.

Jizzax viloyatida fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida chuqurligi 4 metr bo‘lgan chuqurga tushib ketdi. Bu haqda FVV NOVA24`ga ma’lum qildi.

Voqea Sharof Rashidov tumani Jizzaxlik mahallasidagi xonadonlardan birining hovlisida sodir bo‘lgan. Ayol ehtiyotsizlik qilib, chuqurligi 4 metr bo‘lgan chuqurga tushib ketgan. 112 raqamiga murojaat qilgan guvohlar uni qutqarish uchun amaliy yordam kerakligini ma’lum qilishgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tezkor xizmat xodimlari yetib borib, maxsus qutqaruv uskunalari yordamida fuqaroni chuqurdan olib chiqib, tibbiyot xodimlariga topshirgan, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 10 yoshli qiz maktab yaqinidagi quduqqa tushib ketib, vafot etgandi. O‘quvchi qizni chuqurdan maktab qo‘riqchisi olib chiqqan, biroq u ham hushini yo‘qotib, komaga tushib qolgan.

    Асия Мамадиярова
    Редактор «NOVA24»

    Izohlar

    Mavzuga oid

    Главная