Jizzax viloyatining tog‘li hududlarida sel keldi
Kuchli yomg‘ir tufayli daryo o‘zanidan suv otilib chiqqan, jabrlanganlar yo‘q.

12-iyun kuni Jizzax viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida daryo o‘zani bo‘ylab sel keldi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Hodisa soat 14:10 da Zomin tumani Navbahor tumani Segisari qishlog‘i ustidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida sodir bo‘lgan. Daryo o‘zani bo‘ylab taxminan 3-4 m3/s hajmdagi sel kelib, yo‘lga tosh va shag‘al tashladi. Qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sinoptiklar tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Shamol 17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklar o‘ta issiq va quruq may oyini boshdan kechirgani haqida xabar berilgandi. Ayrim hududlarda harorat rekordlari yangilandi.
Izohlar