Jizzax viloyatida oilaviy korxona milliardlab so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari vaziyatni o‘rganmoqda.

Jizzax viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan oilaviy korxona aniqlandi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan. Mutaxassislar korxona o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanganini aniqladi.
Yetkazilgan zarar 2 mlrd 217 mln so‘mni tashkil etgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq energetika vaziriga elektr ta’minotidagi uzilishlar sabab senator so‘rovi yuborilgani haqida xabar berilgandi. Uzoq muddatli elektr uzilishlari tufayli iste’molchilar ko‘plab zarar ko‘rmoqda.
Izohlar