Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi minglab avtobus bekatlarini tekshirdi
Idora Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklaridan aniqlangan muammolarni hal etishni talab qildi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2,8 mingdan ortiq avtobus bekatlari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Avtobus bekatlari belgilangan talab darajasida emasligi, ularda yo‘lovchilar uchun yetarlicha qulayliklar yaratilmaganligi yuzasidan aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida qo‘mita xodimlari tomonidan 2 800 dan ortiq bekatlar faoliyati tanlanma usulda o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida ayrim stansiyalarda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
- 286 ta holatda – kutish zallarining uch tomoni maxsus to‘siqlar bilan to‘silmaganligi sababli yo‘lovchilar issiq va sovuq havodan himoyalanmagan;
- 210 ta holatda – kutish zallarida savdo shoxobchalari joylashtirilgan bo‘lsa;
- 387 ta holatda – nogironlar uchun maxsus panduslar mavjud emas;
- 412 ta holatda – kutish zallarida elektr chiroqlari o‘rnatilmagan;
- 57 ta holatda – yomg‘irli, qorli va shamolli kunlarda yo‘lovchilar uchun pavilyon mavjud emas;
- 156 ta holatda – stansiya nomi yozilgan ko‘rsatkich o‘rnatilmagan;
- 255 ta holatda – yo‘nalish raqami mavjud emas.
Respublika avtomobil yo‘llarida avtobus bekatlariga qo‘yiladigan umumiy talablarning belgilangan standartlari bo‘yicha:
- yo‘lovchilarni sovuq va issiqdan himoya qilish uchun kutish zallarining kamida 3 tomoni maxsus to‘siqlar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak;
- tig‘iz paytlarda bu bekatlarning maydoni 4 yo‘lovchiga kamida 1 m2 bo‘lishi kerak;
savdo shoxobchalarining kutish zallaridan tashqarida joylashishi; - nogironlar uchun maxsus ko‘tarma panduslar bilan jihozlash;
- kutish zalining har 10 m2 maydoniga kamida 1 ta o‘rindiq o‘rnatish;
- kutish zallarida yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha chiqish joylarining mavjudligi;
- stansiya tashqarisida va kutish zalida alohida chiqindi qutilarini o‘rnatish;
- kutish zallari elektr yoritgichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
- vokzallar konstruksiyalarida reklama joylashtirishni taqiqlovchi bir qator talablar belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 482-son qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalari»da shahar atrofi yo‘nalishlaridagi to‘xtash punktlari yo‘lovchilarning xavfsiz va qulay kelishini ta’minlash hamda qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda joylashtiriladi va jihozlanadi hamda quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
- pavilonni joylashtirish uchun asfaltlangan maydonchalar va yo‘lovchilarning bekatga yaqinlashishi uchun asfaltlangan yo‘laklar
yo‘lovchilarni yomg‘ir, qor, shamoldan saqlash uchun pavilon; - nomi ko‘rsatilgan bekat ko‘rsatkichi;
- yo‘nalishlar ko‘rsatkichi;
- yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar.
Qo‘mita tomonidan aniqlangan kamchilik va huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar Toshkentdagi bekatlarni yaxshilashga chaqirilgandi. Hokimlik tadbirkorlar bundan qanday foyda olishi mumkinligini aytgan.
Izohlar