Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bukmekerlik xizmatlarini reklama qilgan blogerlarni jazoladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Melbet bukmekerlik savdo belgisi ishlatilgan videolar, shuningdek, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna kadrlari quyidagi shaxslarga tegishli:
- fuqaro Amirxon Shamsiddinov;
- fuqaro Doniyor Ilyosov.
“Yuqoridagi holatlar bo‘yicha blogerlar Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bukmekerni reklama qilgani uchun reklama agentligi jazolangandi. Hujjatlar prokuraturaga topshirilgan.





















