Hodisa

Interpol qidiruvida bo‘lgan jinoyatchilar AQSH va Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Erkaklar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda.

Interpol qidiruvida bo‘lgan 4 nafar jinoyatchi AQSH va Turkiyadan O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ikki nafar o‘zbekistonlik Nyu-Yorkdan Toshkent aeroportiga AQSH immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari hamrohligida olib kelindi. Shuningdek, yana ikki kishi Istanbuldan olib kelingan. Ular Interpol Milliy markaziy byurosi va IIB xodimlariga keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun topshirildi.

“Ushbu to‘rt nafar shaxs soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Polshadan Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan erkak O‘zbekistonga qaytarilgandi. O‘zbekiston fuqarosi firibgarlik uchun “qizil kartochka” bilan qidiruvga berilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная