Hodisa

In Fin Stroy Invest va Credit House ishi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi

Yuzlab odamlar jabrlanuvchi deb tan olindi, umumiy zarar 200 milliard so‘mdan oshdi, ayblanuvchilar o‘n yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

In Fin Stroy Invest va Credit House ishi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi

Tergov departamenti In Fin Stroy Invest va Credit House qurilish kompaniyalari mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini o‘z ish yurituviga olgani haqida IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyalar 2018-yildan beri Toshkent aholisiga imtiyozli shartlarda kvartiralar taklif qilib kelgan. Dastlab shartnoma shartlari haqiqatan ham bajarilgan, biroq ma’lum vaqt o‘tgach, mijozlardan olingan mablag‘lar qurilish firmalariga o‘tkazilmay qo‘yilgan.

Kompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchilar aybi isbotlansa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ish doirasida 800 nafar shaxs jabrlanuvchi deb topildi, umumiy zarar 209 milliard 263 million so‘m miqdorida ekanligi aniqlandi. Ishga aloqador besh nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov rahbarligida soha mutaxassislari jalb etilgan holda maxsus tezkor shtab tuzildi. U IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida joylashgan bo‘lib, har kuni soat 09:00 dan 21:00 gacha faoliyat yuritadi.

In Fin Stroy Invest va Credit House faoliyatidan jabr ko‘rgan fuqarolardan har tomonlama va to‘liq tergov o‘tkazish maqsadida tezkor shtabga murojaat qilish so‘raldi.

Shuningdek: O‘zbekistonda ulushdorlar bilan faqat eskrou-hisob raqamlari bo‘yicha qurilish olib boriladi. Omonatchilarni himoya qilish tizimi yil davomida joriy etiladi.

Izohlar

Mavzuga oid