Hindiston va Pokiston raketa zarbalari bilan almashmoqda: qurbonlar bor
Hindiston tomoni “Sindoor” maxsus operatsiyasini e’lon qildi.

7-may kuni Hindiston Pokistonga qarshi “Sindoor” maxsus harbiy operatsiyasini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters
Bahvalpur, Kotli va Muzaffarobod shaharlari jabrlangan, beshta aholi punkti zarar ko‘rgan. Pokiston Hindistonga zarba berdi.
Islomobod shuningdek, Kashmirdagi nazorat chizig‘idagi hind postlariga zarar yetkazilgani va hind askarlari tomonidan oq bayroq ko‘tarilgani haqida xabar bergan.
Pokiston armiyasi rahbarining aytishicha, Hindiston harbiy harakatida 26 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 46 nafari yaralangan. Islomobod, shuningdek, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida xabar berdi – yarim tunda zarbalar natijasida sakkiz kishi halok bo’ldi, 35 kishi yaralandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaroni qizg‘in bosqich deb atadi va uning tezroq hal etilishiga umid bildirdi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish har ikki tomonni bosiqlikka chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston 22 aprel kuni mamlakat shimolida yuz bergan terakt munosabati bilan Pokistonga qarshi qator choralar ko‘rayotganini e’lon qilgan edi.Kashmirda qurolli shaxslar bir guruh sayyohlarga qarata o‘t ochgan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 24 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi yaralangan.
Shundan so‘ng Hindiston pokistonliklar uchun vizani to‘xtatishga qaror qildi. Rasmiylar Pokistondagi hindistonliklarni imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi. Bundan tashqari, 29 aprel kuni Pokiston Hindiston bilan chegarada, munozarali Jammu va Kashmir hududida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini yana bir bor buzdi , shundan so‘ng Hindiston maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi.
Izohlar