Gulistondagi choyxonada gaz balloni portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Sirdaryo viloyati bozoridagi choyxonada gaz balloni portlashi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 5 kishi jarohatlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 3-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bir kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatidagi bozorlardan birida choyxonada gaz balloni portlab ketgandi. O‘shanda ijtimoiy tarmoqlarda ehtimoliy o‘lim holatlari haqida xabarlar paydo bo‘lgan, biroq Guliston Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hozircha bunday ma’lumotlar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Izohlar