Gulistonda qurilishi tugallanmagan uy yonib ketdi
qutqaruvchilar olovni o‘chirish uchun deyarli yarim soat vaqt sarfladi.

Sirdaryo viloyatida qurilishi tugallanmagan binoda yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Yong‘in 1-noyabr kuni soat 11:43 larda Guliston shahri Bo‘ston mahallasida qurilayotgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:01 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda qurilish materiallari yonib ketgan, yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Aniqlanishicha, ko‘rsatilgan manzildagi qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida qurilish materiallari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmadi.
Izohlar