Farg‘ona viloyatida fuqaroga qo‘pol munosabatda bo‘lgan YHXB xodimi intizomiy jazolandi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.
Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, katta serjant fuqaroga nisbatan hurmatsizlik qilgani aniqlangan. U “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida”gi kodeksning bir qator qoidalarini buzgan va intizomiy jazoga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, soliq qo‘mitasi o‘z xodimlarini tadbirkorlardan ortiqcha yig‘imlar uchun jazoladi. Soliq to‘lovchilarga foyda solig‘ining bir qismi qaytariladi. Avvalroq 2023-yilda soliqlar bilan nima bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi. Parlament a’zolari amaldagi Bojxona va Soliq kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.
























