Hodisa

Farg‘onada Nexia-3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, o‘lim bilan yakunlangan YTHga uchradi

Hodisa oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan, yana bir fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

23-iyul kuni Farg‘ona viloyatida Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan, bir kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 16:00 larda Quva tumani “Tolmozor” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-105 “Farg‘ona xalqasi” avtomobil yo‘lining 186-kilometrida sodir bo‘lgan. 1993 yilda tug‘ilgan Nexia-3 haydovchisi quvib o‘tish qoidasini buzib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga borib urilgan.

YTH oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashina yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, bir kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida YPX avtomobili ishtirokida ikki marta YTH sodir bo‘lgandi. Jabrlanganlar yo‘q, holatlar bo‘yicha tergov boshlangan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная