Farg‘onada Lacetti haydovchisi tez yordam mashinasini urib yubordi — video
Tez yordam yo‘lovchisi jarohat oldi.

25-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 25-sentyabr kuni tunda D 087 Marg‘ilon—Quva—Marhamat avtomobil yo‘lining 7-kilometrida, Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, tez tibbiy yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tez yordam yo‘lovchisiga birinchi yordam kerak bo‘lgan. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida tez yordam mashinasini o‘tkazib yubormagan haydovchi jazolangandi. Erkak buni mashinadagi baland musiqa tufayli sirena va signallarni eshitmagani bilan izohladi.
Izohlar