Farg‘onada gaz quyish shoxobchasida avtomobil yonib ketdi — video
Yong‘in AGTKSh xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

14-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi gaz quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in 13 oktyabr kuni soat 13:51 da Oltiariq tumani Beruniy mahallasidagi ESO METAN gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Metan quyish jarayonida Damas rusumli avtomobil yonib ketgan. Yong‘in oqibatida avtomobil kuzovining tashqi qismi qisman shikastlangan.
Yong‘in birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari yordamida yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimlari va haydovchilar tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgandi. Yong‘in 69 yoshli fuqaro tomonidan ichimlik suvi quvurini payvandlash vaqtida xavfsizlik texnikasi buzilishi oqibatida kelib chiqqan.
Izohlar