Hodisa

Farg‘onada Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyida maktab o‘quvchisini urib yubordi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak qamoqqa olingan.

Farg‘ona viloyatida Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea D-105 avtomobil yo‘lining Quva tumanidan o‘tuvchi 182-kilometrida sodir bo‘lgan. 21 yoshli haydovchi ishonchnoma asosida boshqarib kelayotgan Damas rusumli avtomobilda maktabga ketayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan.

Jabrlanuvchi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, bola vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda piyodalar o‘tish joyida 8 kishini urib yuborgan haydovchi qamalgani haqida xabar berilgandi. Erkak juda katta tezlikda bolalar ham bo‘lgan bir guruh odamlarga kelib urilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная