Farg‘ona viloyatida bir necha yigit 14 yoshli qizni zo‘rladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” IIVga tayanib.

IIV Xotin-qizlar va bolalar boshqarmasi boshlig‘i Nilufar G‘iyosova 10 yanvar kuni Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi (18 yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. Bu 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

G‘iyosovaning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan, ular hibsga olingan. Tergov boshlandi. Bolalar ombudsmani matbuot xizmati bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor qila olmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, idora ishni nazoratga oldi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda yuqori sinf o‘quvchisi maktab o‘quvchisini zo‘rlagan edi. MMTBning ma’lum qilishicha, voqea maktabdan tashqarida sodir bo‘lgan, tergov ishlari olib borilmoqda.