Farg‘ona viloyatida fuqaro avtomobilning yonilg‘i bakida giyohvand moddalarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Beshariq tumanidagi “Ravot” chegara-bojxona postida Tojikistondan kirib kelgan Lacetti rusumli avtomashina ko‘zdan kechirildi. Mashinani 1979 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro boshqargan. Tekshiruv davomida avtomobilning yonilg‘i bakida giyohvand moddalar yashirilganligi aniqlandi:
- 10 kg 739 g gashish;
- 412 g marixuana;
- 35 g opiy;
- 6 945 tabletka kuchli ta’sir etuvchi “Royal” dori vositalari.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (Kontrabanda) va 273-25-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlarni sodir etishga suiqasd qilish, xuddi shuningdek ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘qonda Tojikistondan o‘nlab kilogramm giyohvand moddalar musodara qilingan edi. Barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.





















