Hodisa

Farg‘onada avtomobil yo‘lda yonib ketdi

Erkak mashinani yo‘l chetida qoldirgan, yong‘in sababi hali aniqlanmagan.

22-oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lda Nexia-2 avtomobili yonib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 18:15 da Farg‘ona shahar Marg‘iloniy ko‘chasida sodir bo‘lgan. To‘xtab turgan Nexia-2 avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chirish xizmati xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda qurilish materiallari yonib ketgan, yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Aniqlanishicha, ko‘rsatilgan manzildagi qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida qurilish materiallari yonib zararlangan. Yong‘in natijasida hech kim jabrlanmadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная